Loyiha
CRM/ERP tizimlar, Telegram botlar, yuqori yuklamali web platformalar hamda AI integratsiyalari bilan biznesingizni keyingi bosqichga olib chiqamiz.
Bizning loyihalar bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarimiz.
Loyiha
Yillik tajriba
Mijoz
Texnik qo‘llab-quvvatlash
Biznesdagi eng ko‘p uchraydigan muammolarni amaliy raqamli yechimga aylantiramiz.
Biznesingiz uchun rejalashtirishdan boshlab, ishga tushirish va kengaytirishgacha bo‘lgan to‘liq texnik xizmatlar.
Biz faqat kod yozmaymiz, g‘oyani rejalashtiramiz, xarajatlar hisobini tuzamiz va ishlaydigan tizimga aylantiramiz.
Loyihani boshlashdan ishga tushirishgacha bo‘lgan shaffof jarayon.
Vazifa, maqsad va talablarni aniqlaymiz.
Ish bosqichlari va aniq xarajatlar hisobini kelishamiz.
Interfeys va funksional qism ishlab chiqiladi.
Sifat nazorati tugagach, loyiha ishga tushadi.
Monitoring, yangilash va qo‘llab-quvvatlash.
Har bir loyiha biznes muammosini tez va barqaror hal qilish uchun ishlab chiqilgan.

CRM, web sayt va Telegram botni yagona raqamli tizimga birlashtirgan loyiha.

Web sayt, mobil ilova, CRM va Telegram bot integratsiyasi bilan turizm platformasi.

Brend uchun web sayt va Telegram bot orqali buyurtmalarni qabul qilish avtomatlashtirildi.

Foydalanuvchiga qulay interfeysga ega mobil ilova ishlab chiqilgan va ishga tushirilgan.

Web sayt va Telegram bot asosida xizmat taqdimoti hamda mijoz aloqasi kuchaytirildi.
Avtomatik to‘lov oqimlari uchun xavfsiz va barqaror API ishlab chiqilgan.
Ta'lim muassasasi uchun informativ va boshqaruvi qulay web sayt yechimi.
Reklama agentligi ichki jarayonlari va mijozlar bilan ishlashni boshqaruvchi CRM tizimi.
O'quv markaz uchun CRM va web sayt birgalikda joriy qilinib, yagona boshqaruv tizimi yaratildi.
Paketlar “Xizmatlarimiz” asosida shakllangan: startdan enterprise darajagacha aniq xizmat tarkibi bilan.
Bozorga tez chiqish uchun minimal funksional mahsulot
Faol biznes jarayonlarini tizimlashtirish uchun
Katta yuklama va individual arxitektura talab qiluvchi kompaniyalar uchun
Biz zamonaviy, barqaror va yuqori yuklamalarga mos arxitektura va texnologiyalardan foydalanamiz.
Tezkor, moslashuvchan va foydalanuvchiga qulay vizual interfeyslar
Xavfsiz, mantiqiy va yuqori unumdorlikka ega server mantiqlari
Katta hajmdagi ma'lumotlarni ishonchli va tezkor saqlash
Avtomatlashtirilgan deployment va uzluksiz server monitoringi
Loyiha turlarini tanlang, taxminiy xarajat va muddatni bir zumda hisoblang.
Mijozlarimiz tomonidan eng ko'p beriladigan savollarga javoblar.
Loyiha murakkabligiga qarab: Telegram bot va mini-applar 3-7 kun, Web sayt va platformalar 1-3 hafta, CRM hamda murakkab ekosistemalar 2-6 hafta davomida to'liq topshiriladi.
Barcha manba kodlari (source code), ma'lumotlar bazasi va intellektual mulk loyiha topshirilgach 100% buyurtmachiga (mijozga) o'tkaziladi.
Ha! Har bir loyihaga 6 oygacha bepul texnik kafolat hamda 24/7 rejimida qo'llab-quvvatlash taqdim etiladi.
Biz barcha server va Cloudflare sozlamalarini, SSL sertifikatlarini bepul o'rnatib, loyihani kalit topshirish (turnkey) shaklida topshiramiz.
Ha! To'lov odatda 3 bosqichda amalga oshiriladi: 30% bo'nak (avans), 40% demo versiya tayyor bo'lganda, va 30% yakuniy topshirishda.
Zarurat bo'lganda rasmiy NDA (Non-Disclosure Agreement) maxfiylik shartnomasi imzolanadi va barcha ma'lumotlar saqlanadi.
Biz xizmat ko‘rsatgan mijozlar va ular uchun ishlab chiqilgan yechimlar.
Rakhmanov Team bizga CRM, web sayt va Telegram botni bitta tizimga ulab berdi. Hozir jarayonlarimiz ancha tartibli va tez ishlayapti.
afsonatour.uz uchun web sayt, mobil ilova, CRM va Telegram botni mukammal integratsiya qilib berishdi. Jamoa bilan ishlash juda qulay bo‘ldi.
bmclassic.uz uchun web sayt va Telegram bot tayyorlab berishdi. Mijozlardan buyurtma olish va javob berish jarayoni ancha yengillashdi.
Eko Bolajon loyihamiz uchun mobil ilova ishlab chiqib berishdi. Ilova foydalanuvchilarga tushunarli va barqaror ishlayapti.
gentrauchun.uz uchun web sayt va Telegram botni sifatli qilib topshirishdi. Mijozlar bilan aloqa qilish ancha tezlashdi.
Avto to‘lov loyihamiz uchun kerakli API’ni aniq talablar asosida ishlab berishdi. Integratsiya jarayoni muammosiz o‘tdi.
Biznesim uchun web saytni zamonaviy ko‘rinishda tayyorlab berishdi. Ish sifati va muddat bo‘yicha hammasi joyida bo‘ldi.
CRM tizimimizni o‘zimizga mos qilib ishlab berishdi. Hozir mijozlar bazasi va jarayonlarni boshqarish ancha osonlashgan.
CRM va web saytni birgalikda ishlab berishdi. Savdo jarayoni ham, onlayn murojaatlar ham hozir bitta tizimda boshqarilmoqda.
Ma'lumotlaringizni qoldiring, xizmat turini tanlang va budgetni belgilang. Sizga eng mos taklifni yuboramiz.
Samarqand viloyati, Payariq tumani
+998950883883
+998904547454
@rakhmanov_abdulaziz
Dushanba - Shanba
09:00 - 18:00